
OAV UCHUN ANONSAxborot xizmati
Toshkent, 2026-yil 16-oktabr
“Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining respublika bosqichi
- Sana
- 24-oktabr
- Vaqt
- 09:00
- Manzil
- Yoshlar ijod saroyi, Toshkent shahri
24-oktabr kuni Yoshlar ijod saroyida yosh harbiy xizmatchilar va kursantlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Tanlovning maqsadi — yosh harbiylarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ajdodlarimizning boy ma’naviy va harbiy merosini chuqur o‘rganish, milliy qadriyatlarga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash.